Pogba transferi rekord o‘rnatdi

"Yuventus" yarim himoyachisi, fransuz Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi qiymati futbol tarixidagi rekord summani tashkil qildi.
Ingliz klubi 23 yoshli futbolchiga ikki yil davomida 105 mln evro to‘laydi, shu bilan birga "Yuventus" yana 5 mln evro bonus ishlab olishi mumkin.
Pogbaning agenti Mino Rayolaning vositachilik haqi 20 million evroni tashkil qildi va klublar tomonidan teng ikkiga bo‘linib to‘lanadi.
Bundan avval futbol tarixida eng qimmatbaho futbolchi Garet Beyl hisoblanib kelinayotgan edi, uning transferi uchun "Real" 2013 yilda "Tottenxem"ga 100 mln evro to‘lagandi.
2009 yilda Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dan "Real"ga transferi esa qirollik klubiga 94 mln evroga aylangandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing