Foto: fide.com
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Samarqanddagi blis bo‘yicha jahon chempionatida rossiyalik grossmeysterlar Daniil Dubov va Yan Nepomnyashchiy o‘rtasida o‘tkazilgan va durang natija bilan yakunlangan partiyani «kelishilgan» deb topdi. Har ikkala shaxmatchi 0,5 ochkodan mahrum qilindi. Bu haqda FIDE saytida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, rossiyaliklar 11-turda to‘qnash kelgan va o‘yinning 13-yurishidayoq durangga rozi bo‘lishgan. Chempionat bosh hakami, slovakiyalik Ivan Sirovi ularni til biriktirganlikda gumon qilgan.
«Fikrimcha, buning uchun mas’uliyat har ikki shaxmatchi zimmasida, ular o‘yin natijasini oldindan rejalashtirishgan. Bu fikrim ularning yurishlariga asoslangan», dedi Siroviy.
Hakam rossiyaliklarga durang uchun belgilangan 0,5 ball o‘rniga 0 ball berdi. Dubov va Nepomnyashchiy bu qaror ustidan apellyatsiya berishdi, biroq FIDE Sirovini haq deb topdi.
Qayd qilish joiz, rossiyalik shaxmatchilar turnirda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etmoqda. Sanksiyalarga ko‘ra, ularga Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etish taqiqlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?