
“Barselona” rahbariyati yozdi bir necha futbolchilar bilan xayrlashishni reja qilgan. Ketishi kerak bo‘lganlar orasida Serxi Roberto ham bor.
Tajribali yarim himoyachi Kataloniyadan ketmoqchi emas. Roberto klubda qolish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor.
Jamoa sardorining kataloniyaliklar bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Rahbariyat 31 yoshli himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas.
Serxi Roberto klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispaniyalik o‘yinchi 2006 yildan beri klub tizimida yuribdi. U 2013 yili asosiy jamoaga qabul qilingan.
Tajribali futbolchi bu mavsum asosiy tarkibga kirishga qiynalyapti. U La Ligada atigi besh marta maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar