“Manchester Yunayted”ning hech bir murabbiyi Erik ten Xagchalik sharmanda bo‘lmagan


“Manchester Yunayted” 2023 yilning so‘nggi uchrashuvida “Nottingem” maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi.
Mezbonlar manchesterliklarni 2:1 hisobida yengdi. Bu “Manchester Yunayted”ning chempionatdagi yigirmata uchrashuvda 9-mag‘lubiyati bo‘ldi.
Statistika ekspertlarining ta’kidlashicha, bosh murabbiy Erik ten Xag antirekord qayd etdi.
Hali “Manchester Yunayted” tarixida hech bir bosh murabbiy Angliya Premer-ligasida dastlabki yigirmata uchrashuvda bu qadar ko‘p mag‘lubiyatga uchramagan.
Niderlandiyalik mutaxassis jamoaning qoniqarsiz o‘yini va salbiy natijalarini tarkibda jarohatlar ko‘pligi va ichki muammolar borligi bilan izohlamoqda.






























Izohlar 0
…