
“Arsenal” Premer-liganing 2023 yildagi oxirgi uchrashuvida o‘rtamiyona jamoalaridan biri “Fulxem”dan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa peshqadamiga aylanish imkonini qo‘ldan chiqardi.
Mikel Arteta shogirdlari barcha turnirlardagi oxirgi oltita uchrashuvdan atiga bittasida g‘alaba qozondi.
Klub rahbariyati tarkibni tozalash siyosatiga qo‘l urmoqchi. The Sun nashrining xabar berishicha, Sedrik Soareshga yangi bitim berilmaydi. Uni yanvardayoq sotib yuborishmoqchi. Muhammad En-Neni bilan ham xuddi shu vaziyat.
Mikel Arteta bundan buyon Emil Smit Rou, Aaron Ramsdeyl, Yakub Kivor va Reyss Nelsonga ham o‘yin amaliyoti bermoqchi emas.
Eddi Nketianing “Arsenal”dagi faoliyati ham oxiriga yetib qoldi. Angliya matbuotining yozishicha, Tomas Parti ham “kanonirlar” safini tark etishi lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar