date

Britaniya shahzodasining rafiqasi Rio Olimpidasida qatnashmoqda?!

Britaniya shahzodasining rafiqasi Rio Olimpidasida qatnashmoqda?!

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari mashhur yulduzlar va taniqli insonlarning qiyofadoshlari ishtirok etayotgan sport bayrami sifatida ham yodda qoladigan ko‘rinadi. Buyuk Britaniya Daily Mail nashrining yozishicha, shu kunlarda Rio musobaqalarida Britaniya malikasi Keyt Middltonning qiyofadoshi aniqlangan. Bu mashhur fransuz velopoygachisi Polin Ferran-Prevodir.

Gazetaning yozishicha, 24-yoshli sportchining 34-yoshli Kembrij gersoginyasi bilan o‘xshashligiga aql bovar qilmaydi. Ularning nafaqat yuz tuzilishi, balki soch turmagi va makiyajlari ham juda o‘xshash. Fransuz sportchisi va britaniyalik malika sochlarining rangi bilan farqlanadi, xolos. Ferran-Prevoning sochi shahzoda Uilyam turmush o‘rtog‘ining sochiga qaraganda biroz yorqinroqdir.

Albatta, bu Middlton xonimning ilk qiyofadoshi emas. Masalan, Buyuk Britaniyada 34-yoshli ofisiant ayol Haydi Agan Kembrij gersoginyasi nusxasi bo‘lish uchun ishidan bo‘shagan edi.

Avvalroq, Rio-2016da ishtirok etgan amerikalik kamonchi Breydi Ellisonni hollivudlik aktyor Leonardo DiKaprioga o‘xshatishgandi.


Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Britaniya shahzodasining rafiqasi Rio Olimpidasida qatnashmoqda?!