date
views 322

Saudiya klublari endi yozdagidek yirik xaridlarni amalga oshirolmaydi

Saudiya klublari endi yozdagidek yirik xaridlarni amalga oshirolmaydi
Foto: AS
Saudiya klublari qishki transferlar oynasida yozdagidek yirik xaridlarni amalga oshira olmaydi.
 
Mamlakatning 4 ta asosiy klubini (“Al-Hilol”, “An-Nassr”, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli”) moliyalashtiradigan Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) transferlarga cheklov o‘rnatdi, deya xabar beradi AS.
 
Fondning qo‘llovisiz klublar katta xaridlarni amalga oshira olmaydi. Endilikda har bir klub yanvar oyida tarkibini kuchaytirish borasida o‘zi qaror qabul qiladi, lekin har qanday transfer bir nechta jiddiy talablar bajarilganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
 
Ma’lumot uchun, 2023 yilning yozida Saudiya Arabistoni jamoalari yangi futbolchilar uchun 875,4 million dollar sarflagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya klublari endi yozdagidek yirik xaridlarni amalga oshirolmaydi
-->