Karlo Anchelotti "Real" bilan shartnomasini yangilaganidan keyin Braziliya terma jamoasining rejalari o‘zgarib ketdi. "Pentakampeonlar" avvalroq vaqtinchalik bosh murabbiy Fernando Dinizni o‘z lavozimidan ozod qilgan bo‘lsa, endi yangi mutaxassisni olib keldi.
Yakuniga yetgan mavsumda "San-Paulu" klubida ishlagan Dorival Junior Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. U bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi. Ushbu murabbiy o‘z vaqtida Neymarga "Santos"da ustozlik qilgan.
Dorival faoliyati davomida asosan mamlakat klublarini boshqargan. Shuningdek, 61 yoshli mutaxassis 3 marta Braziliya kubogi, bir marta Libertadores sovrinini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, terma jamoani oldinda Angliya va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutib turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”