199
Hindiston termaci sardori: "Avstraliya va O‘zbekiston kabi jamoalarga qarshi o‘ynash – o‘z o‘yinimizni rivojlantirishning yagona yo‘li"
Qatar mamlakatida o‘tkaziladigan Osiyo kubogi start olishiga bir necha kun qoldi. O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi bo‘lmish Hindiston terma jamoasi sardori, 39 yoshli Sunil Chetri Osiyo kubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Osiyo kubogida imkoniyatimiz yetarli. Jahon chempionati saralashida eng kuchli terma jamoalarga duch kelmoqdamiz. Biz kurashishda davom etmoqdamiz. Avstraliya va O‘zbekiston kabi jamoalarga qarshi o‘ynash – o‘z o‘yinimizni rivojlantirishning yagona yo‘li. Bizning uz uslubimiz bor, rivojlanmoqdamiz, juda ko‘p o‘yinchilarimiz o‘sishga erishishmoqda. Biz qo‘rqmayapmiz, qayerda turganimizni juda yaxshi bilamiz. Jahon chempionatida qatnashib kelayotgan Osiyoning 5-6 jamoasi bilan o‘ynash hali ham juda qiyin, ammo biz juda optimistmiz. O‘z o‘yinimizni o‘stirishning yagona yo‘li yuqorida sanalgan terma jamoalar bilan muntazam o‘yin o‘tkazishdir.
Jahon chempionati saralash o‘yinlariga e’tibor bersangiz, biz dastlab Quvaytga duch keldik, keyin esa Qatar. Mana endi raqibimiz – Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Avstraliya termasi. Aynan shu kabi raqiblar bilan kamchiligimizni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Xullas, bu darajadagi o‘yinlar sizga real darajangizni ko‘rsatib beradi. Yaponiya termasi Germaniya va Janubiy Amerika termalarini mag‘lub qilmoqda. Ular ko‘rsatayotgan o‘yin butun Osiyo terma jamoalarini ruhlantirmoqda. Janubiy Koreya, Yaponiya, xatto Avstraliya ham shunday darajada. Bu jamoalar tarkibidagi o‘yinchilar dunyoning grand klublarida o‘ynashmoqda. Son va Mitoma APL jamoalariga qarshi qanday harakat qilayotganlariga ortiqcha izoh shart emas. Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari Osiyoda yaxshi o‘sish namoyish qilishmoqda", - deydi Sunil Chetri.
Ma’lumot uchun, Hindiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini Avstraliyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa hindlarga O‘zbekiston milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 18 yanvar kuni o‘tkaziladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”