Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Liga 8 oy davomida oyning eng yaxshilarini o‘ziga xos uslubda aniqlab keldi. Ovoz berish jarayonida 18 nafar mustaqil ekspertlar ishtirok etdi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlandi.
Unga ko‘ra, “Andijon” hujumchisi Rubin Hebay Superligada yil futbolchisi deb topildi. “Burgutlar” forvardi iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilishi bilan birga may hamda oktyabr oyida ham nomzodlar orasidan o‘rin olgan edi va yakunda 92 ochko to‘plagan holda yil futbolchisi deb topildi.
Superliga. Yil futbolchisi:
Rubin Hebay (“Andijon”) – 92 ochko
Zabihillo O‘rinboyev (“Metallurg”) – 81 ochko
Islom Kenjaboyev (“Qizilqum”) – 71 ochko.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring