Kecha tunda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi The Best marosimida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini g‘olibi deb topildi.
Ushbu sovrin ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Ovozni esa FIFAga a’zo mamlakatlar bosh murabbiylari, jamoa sardori va matbuot kotibi beradi.
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va sardor Eldor Shomurodov yilning eng yaxshi futbolchisi deb Messini tan olishgan. Davron Fayziyev esa yilning eng yaxshisi Xoland bo‘lishi kerak deb hisoblagan.
Srechko Katanes:
1. Lionel Messi
2. Erling Holand
3. Kilian Mbappe
Eldor Shomurodov:
1. Lionel Messi
2. Kilian Mbappe
3. Erling Holand
Davron Fayziyev:
1. Erling Holand
2. Lionel Messi
3. Kilian Mbappe
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar