Biroz avval Joze Mourinoni o‘z laovizimidan ozod qilgan "Roma" klubiga yangi bosh murabbiy tayinladi. Bu haqda jamoa rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Danieele De Rossi bilan "Roma" qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Sobiq yarim himoyachi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan bitimga yo‘l qo‘ydi.
Italiyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida deyarli 17 yil rimliklar safida to‘p tepgan va 2019 yilda "Boka Xuniors" jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
2021 yilda De Rossi "Spal"ni qabul qilib oldi. Ammo ko‘p o‘tmay o‘z lavozimidan ozod qilindi. Shuningdek, u Italiya terma jamoasining murabbiylar shtabida ham ishladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar