Serbiyaning Sombor shahrida bo‘lib o‘tayotgan “13 Millatlar ligasi” o‘zining so‘ngi bosqichiga yetib keldi. Yarim final janglari natijalariga ko‘ra, 7 nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Ular bilan tanishing:
-48 kg Saida Rahmonova
-50 kg Feruza Kazakova
-52 kg Aziza Yakubova
-57 kg Sitora Turdibekova
-60 kg Rayhona Qodirova
-66 kg Navbahor Hamidova
-75 kg Aziza Zokirova
Kecha bo‘lib o‘tgan bahslar natijalariga ko‘ra esa, Muxlisa Xushvaqtova, Mohinabonu Abdullayeva, Xadichabonu Abdullayeva hamda Oltinoy Sotimboyevalar bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada bugun dam olish kuni. Final janglari esa ertaga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar