Krishtianu Ronaldu tanqidlardan kuch olishini aytdi.
"Bu men bosib o‘tayotgan yo‘lning bir qismi. 22 yildan beri professional futbolchiman va tanqidlar eng yaxshi o‘yinchi, inson va ota bo‘lishga yordam beradi.
Odamlar menga shubha bilan qarashini yaxshi ko‘raman va ularga aksini isbotlayman. O‘tgan mavsum qiyinchiliklar bo‘ldi, ammo ularga duch kelganimdan xursandman, chunki ulardan kuch oldim.
O‘tgan yil ajoyib o‘tdi. Men yil to‘purari bo‘ldim. Xoland kabi yosh sherlardan o‘zib ketish qanday ekanligini tasavvur qilib ko‘ring.
Bundan faxrlanaman. Tez orada 39 ga kiraman va hali ham yaxshi formadaman", - deydi Krishtianu Ronaldu.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar