Krishtianu Ronaldu bilan birga “An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan Emerik Laport Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakillarining professional darajasini tanqid ostiga oldi.
- Yevropa bilan katta farq bor. Bu yerda bizga va’da qilingan sharoitlarning ko‘pini yaratib berishmadi. Ochig‘i, bu yerga kelganlar orasida norozi bo‘layotganlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. E’tirozlar orqali ayrim holatlar tuzatilyapti. Balki kelajakda yaxshilanib qolar.
Saudiyaliklarga ularning klublarida Yevropada ko‘p narsalarga erishgan o‘yinchilarning borligi yangilik himoblanadi. Ular hali bunga moslasha olgani yo‘q.
Bu yerda hatto kun tartibini tashkil qilishda ham kamchiliklar bor. Ular bunga yengil qarayapti. Sizning talablaringiz ularni o‘ylantirmaydi ham. Ular o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynaydi. Siz biror narsa haqida kelishasiz, lekin bu shartnomada ko‘rsatilgan va tasdiqlangan bo‘lsa ham, saudiyaliklar va’dasida turmayapti. Ular biz bilan janjallashyapti. Yevropada bu kabi muammolar yo‘q, - dedi Emerik Laport.
Laport o‘tgan yoz “An-nasr” bilan uch yillik shartnoma tuzgan edi. Osiyoga ko‘chib o‘tganidan beri 22 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring