“An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasining 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini qachon tugatishi mumkinligi haqida gapirdi.
- Men faoliyatimni joriy mavsum oxirida yakunlanishim yoki yana ikki-uch yil o‘ynashim ham mumkin. To‘g‘risi, anig‘ini bilmayman.
Hozir aqlu hushim va tanam joyida, men futboldan bahra olishni davom ettiryapman. Shunday bo‘lib tursa o‘ynashni davom ettiraman.
Qachonki jamoaga yordam bera olmayotganimni his qilsam, bu holatga mas’uliyat bilan yondashaman.
Ayni paytda maydonga chiqqanimda o‘zimni yaxshi his qilyapman va bundan baxtiyorman. Hozir o‘zim eng yaxshi ko‘rgan ish bilan mashg‘ulman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Ronaldu 5 fevral kuni 39 yoshni qarshi oladi. Uning saudiyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Joriy mavsumda Krishtianu 25 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 11 ta assist rasmiylashtirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring