14:10 / 22.01.2024
223

Petr Segrt: "Livanga qarshi to‘qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o‘yin bo‘ladi"

Petr Segrt: "Livanga qarshi to‘qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o‘yin bo‘ladi"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o‘rin olgan Tojikiston va Livan terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan oldin qo‘shnilarimiz bosh murabbiyi Petr Segrt va terma jamoa futbolchisi Parvizjon Umarboyev matbuot anjumanida qatnashdi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston terma jamoasi ayni damda A guruhida bir ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Livanga qarshi o‘tkaziladigan o‘yindagi ehtimoliy g‘alaba Tojikiston terma jamoasiga mamlakat tarixidagi ilk Osiyo kubogining o‘zida pley-off yo‘llanmasini taqdim etishi mumkin.

- Tojikiston termasi murabbiyi va futbolchisining o‘yin haqidagi fikrlari qanday?

Petr Segrt: - Ertangi o‘yin ikkala jamoa uchun muhim. Osiyo kubogidan oldin hamma vaziyatga real qarayotgan edi. Livanga qarshi o‘yin Tojikiston terma jamoasi uchun final bo‘ladi. Guruhdagi uchala raqib ham kuchli jamoa edi. Xitoyga qarshi yaxshi natija qayd etdik, Qatar bilan o‘yinda biroz omad yetishmadi. Ertaga g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqamiz. Livan ham aynan shu narsani istashi aniq.

Parvizjon Umarboyev: - O‘yinga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Qanday o‘yin bizni kutib turganini hamma biladi. Yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Janob murabbiy, o‘yinning muhimligi haqida gapirdingiz. Menimcha, bu o‘yin Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o‘yinlardan biri hisoblanadi. Bu narsa shogirdlaringizni osonroq ruhlantirishingiz uchun yordam beradimi yoki jamoaga biroz bosim yuklaydimi?

-  Har birimiz hayot davomida bosimga tushamiz. Osiyo kubogi kabi musobaqada qatnashish biz uchun sharaf. Bizda hech qanday hayajon yo‘q. Keyingi bosqichga chiqmoqchimiz. Ertaga biz uchun final o‘yini bo‘ladi. Biz bu o‘yinga tayyormiz. Har bir lahzadan bahra olishimiz kerak. Raqibda balki tajriba ko‘proqdir, ammo ertaga ikkala jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan o‘ynaydi. Livanga qarshi to‘qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o‘yin bo‘ladi. Siz 100% haqsiz.

- Livanga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibni qanday tanlaysiz? Chunki tarkibdagi bir necha futbolchilarda jarohat va ogohlantirishlar bor...

- Vaziyatimiz og‘ir. Asosiy tarkibdagi uch o‘yinchimiz ertaga maydonga tushmaydi. Lekin biz yechim topa olamiz. Musobaqadan oldin eng zo‘r hujumchimiz Manuchehr Jalilovni yo‘qotdik. Mana, bunga moslasha oldik. Qizil kartochka olgan o‘yinchimiz ham biroz tajribasizlik qildi. Vaziyatdan to‘g‘ri chiqib keta olishimizga ishonaman.

- Parvizjon, o‘tgan o‘yindagi qizil kartochka jamoaga qanday ta’sir qildi?

- Dastlab, bizning maqsad musobaqaning final bosqichiga yo‘l olish edi. Hozir esa guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Qizil kartochkaga kelsak, bu narsa bizga ta’sir qilmasa kerak.

- Parvizjon, Tojikiston keyingi bosqichga chiqishni uddalasa bu sizning faoliyatingizga qanday ta’sir o‘tkazadi? Chunki Osiyo kubogini juda ko‘p mutaxassislar kuzatib borishmoqda...

- Birinchi navbatda biz o‘yinga e’tibor beramiz. Bu musobaqani ko‘pchilik kuzatishi aniq. Eng muhimi jamoamizning yaxshi natija ko‘rsatishi. Albatta, Osiyo kubogi kabi katta turnirlarda so‘ng har birimizga yaxshi takliflar tushishi aniq.

- Savolim murabbiyga. Uchinchi turda bor diqqatingizni o‘z uchrashuvingizga qaratasizmi yoki guruhning ikkinchi uchrashuvi ham e’tiborda bo‘ladimi?

- Bizning vaziyatimiz tushunardi. O‘z uchrashuvimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Livanda ham imkoniyat yetarli. To‘g‘risini aytaman, bizga durang yoki boshqa natija ham qoniqarli bo‘lishi mumkin. Biroq, bu mening falsafalarimga to‘g‘ri kelmaydi. Hammamiz o‘zimizga e’tibor berishimiz kerak. O‘yin oxirida albatta ikkinchi uchrashuv hisobiga qaraymiz. O‘yin davomida faqat esa g‘alaba uchun harakat qilamiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Petr Segrt: "Livanga qarshi to‘qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o‘yin bo‘ladi"