15:24 / 22.01.2024
124

Odil Hamrobekov: Avstraliya bilan oldingi natijalar qog‘ozda qolgan, keyingi bosqichda raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q

Odil Hamrobekov: Avstraliya bilan oldingi natijalar qog‘ozda qolgan, keyingi bosqichda raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-turida Avstraliya bilan kuch sinashadi. Bugun uchrashuv oldidan jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz yetakchilaridan biri Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

- Musobaqa yuqori saviyada, kutilmagan natijalar va qiziqarli o‘yinlar bilan o‘tmoqda. Bizni ertaga ajoyib bellashuv kutib turibdi.

Jamoaning kayfiyati yaxshi. Avvalgi o‘yindagi g‘alaba bunga yanada turtki bo‘ldi. Avstraliyaga gol ura olmaganimiz bu statistika xolos. U qog‘ozda qoldi. Bunday natijaning qachondir oxiri bor. Biz an’anaga chek qo‘yishga harakat qilamiz.

Bunday musoabqaga kelishdan oldin har qanday jamoa o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Hozirgi zamonaviy futbolda tasodifiy natijalarni ko‘rib turibmiz. Oddiy jamoalar yetakchilarga qarshilik ko‘rsatishi mumkin. O‘yinga keladigan bo‘lsak, durang yoki g‘alaba qilsak, u yoki bu jamoaga tushamiz, deb o‘ylab o‘tirishga vaqt yo‘q. Raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q. U xoh Avstraliya bo‘lsin, xoh Saudiya Arabistoni, - dedi Olid Hamrobekov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Hamrobekov: Avstraliya bilan oldingi natijalar qog‘ozda qolgan, keyingi bosqichda raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q