Shayxlar transferga 2,3 milliard yevro ajratdi. Asosiy nishon Muhammad Saloh va Kevin de Bryuyne
Saudiya Arabistoni professional ligasi yozgi transferlar uchun 2,3 milliard yevro ajratishga qaror qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, saudiyaliklarning asosiy nishoni “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh va “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne hisoblanadi.
Har ikki o‘yinchi yoshi 30 dan oshgan bo‘lsa-da, o‘z jamoalarining yetakchisi hisoblanadi va muvaffaqiyatlarni ta’minlovchi asosiy kuch sifatida qadrlanadi.
Shuningdek, shayxlar ro‘yxatiga “Liverpul”dan Tyago Alkantara, “Tottenxem”dan Son Xyon-Mi, “Lester”dan Vilfrida Ndidi, “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen kabi mashhur o‘yinchilar bor.
Saudiyaliklar nafaqat yoshi katta va tajribali yulduzlar, balki yosh iqtidor egalariga ham e’tibor qarata boshladi. Keyingi mavsumda Saudiya klublari 10 nafar legioner xizmatidan foydalana oladi. Biroq ulardan kamida ikkitasi 20023 yil va undan keyin tug‘ilgan yosh o‘yinchilar bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring