18:38 / 23.01.2024
225

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan durang o‘ynadi

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

B guruhida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan birinchi bo‘limning oxirida avstraliyaliklar gol urdi. Martin Boyl penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston ham faollikni oshirdi. 60-daqiqada Umarbek Eshmurodov Masharipovning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. Biroq, hakam o‘yindan tashqari holat qayd etib, golni inobatga olmadi. 78-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Suriya Hindistonni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol Omad Xarbin hisobiga yozildi.

Shu tariqa O‘zbekiston B guruhida 5 ochko bilan 2-o‘rindan joy oldi. Avstraliya esa 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Suriya esa 4 ochko bilan 3-pog‘onani band etdi.

Osiyo Kubogi

3-tur bahslari

Avstraliya — O‘zbekiston 1:1

Gollar: 1:0 – 45+1 Boyl (penalti), 1:1 – 78 Turg‘unboyev.

Avstraliya: Rayan, Atkinson, Suttar, Roulz, Bexich, Irvayn, Makgri (Fornaroli, 83), Bakkus (O‘nil, 84), Bos, Boyl (Metkalf, 72), Yengi.

O‘zbekiston: Yusupov, Eshmurodov, Ashurmatov, Abdulloyev, Sayfiyev, Erkinov (Turgunboyev, 63), O‘runov (Masharipov, 46), Hamrobekov, Shukurov, Abdirahmatov, Fayzullayev (Sergeyev, 63; Iskanderov, 84).

Ogohlantirishlar: Eshmurodov (25), Hamrobekov (45), Shukurov (45), Suttar (50), Makgri (70).


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan durang o‘ynadi