19:21 / 23.01.2024
208

Jaloliddin Masharipov: Avstraliya bilan oramizda katta farq bor, deb o‘ylamayman

Jaloliddin Masharipov: Avstraliya bilan oramizda katta farq bor, deb o‘ylamayman

Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jaloliddin Masharipov ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avstraliya bilan o‘yin muhim o‘yin edi. Shu paytgacha ularga hattoki gol urmagan edi. Bugun shunday nohush an’anaga barham berdik. Biz yana qo‘shishimiz mumkin edi. Murabbiy aytganidek ko‘rsatmalarni bajardik.

To‘g‘ri bizni qo‘llab turgani ko‘plab muxlislar stadionga kelgan. Bundan tashqari O‘zbekistonda ham 36 million xalqimiz qo‘llab turishibdi. Muxlislar bizni tanqid qilsa ham buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib harakat qilishimiz lozim. Bizni nafaqat O‘zbekistondan balki chet davlatlarida yurgan hamyurtlarimiz qo‘llab turishibdi, ularga rahmat aytamiz.

Avstraliyalik futbolchilar bilan farqimiz? Hindiston bilan uchrashuvni ham oson kechdi deyish mumkin. Ular ham to‘pni yaxshi nazorat qilgandi. Bu bilan nima demoqchiman, hozir nomlar futbol o‘ynamayapti. Murabbiyning aytganini qilsa natijaga erishadi. Katta yutuqlarimiz oldinda. Hindistonning o‘yini shakllangan. Lekin biz to‘p nazoratida ustunmiz. Jismoniy holat ustida ishlasak, eng yaxshi terma jamoalardan birimiz deb ayta olaman. Shuning uchun Avstraliya bilan oramizda katta farq bor deb o‘ylamayman, - dedi Jaloliddin Masharipov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: Avstraliya bilan oramizda katta farq bor, deb o‘ylamayman