Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBЕKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Dastlab, "yashil qit’a vakillari" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboyev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi.

Shu tariqa, ikki jamoa ham pley-off masalasini hal qildi. Avstraliya 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston 2-pog‘onani band etdi.

Katanes shogirdlariga nimchorak finalda "F" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa raqib bo‘ladi. Bu katta ehtimol bilan Tailand yoki O‘mon termasi bo‘ladi.

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi kim bo‘ladi? 

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar