Kilian Mbappening “Real”ga transferi amalga oshmasligi ham mumkin. Ayni paytd 25 yoshli futbolchining agentlari “Qirollik klubi” mutasaddilari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, Kilian Mbappe agentlari orqali “Real”dan yiliga 70 million yevro miqdorida maosh so‘ragan.
Bu talab “Qirollik klubi” xo‘jayinlarini jumbushga keltirdi. Chunki madridliklar Mbappening maoshi boshqa o‘yinchilarnikidan sezilarli darajada ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Madridliklar Mbappening bir yillik xizmatini 35 million yevroga baholayotgan edi. Transfer ekspertlari Kilianning talabi “Real”ga og‘irlik qilishi va Florentino Peres buni qabul qilmasligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar