«Real» David Alaba uchun 80 million yevro taklif qildi

«Real» David Alaba uchun 80 million yevro taklif qildi
«Real» David Alaba uchun 80 million evro taklif qildi
Madridning "Real" klubi "Bavariya" himoyachisi David Alabani sotib olish ishlarini davom ettirmoqda. Xabar qilinishicha, madridliklar Alaba uchun 80 million yevro taklif qilishgan. Shuningdek futbolchining o‘ziga "Real" rahbariyati yarim himoyada o‘ynashini va’da qilgan va shu orqali o‘z safiga og‘dirib olmoqchi. "Real" avval ham Alabani sotib olishga va unga 65 million yevro taklif qilgan edi. Ammo "Bavariya" rahbariyati buni rad etgan. Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam "Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan klubga yana bir yarim himoyachi kerak emasligi va bu holat ichki muhitga aks ta’sir o‘tkazishi mumkinligini aytgandi. Manba: www.championat.com

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar