«Barselona» bosh murabbiyi Xavi joriy mavsum uning uchun klubdagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqida murabbiyning o‘zi La Liganing 22-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi bahsdan so‘ng (3:5) e’lon qildi.
“30 iyun kuni “Barselona” murabbiyligidan ketayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu qarorni prezident bilan birgalikda qabul qildik. Menimcha, barchasini o‘zgartirish lozim. Buning barchasi futbolchilarning foydasiga.
Prezident, Deku, futbolchilar haqida o‘yladim. Ular o‘zgarishlarga loyiq. “Barsa” uchun muammo emas, yechim bo‘lmoqchiman. Iyun oyiga qadar shunday bo‘lib qolishga umid qilaman.
10 ochko ortda qolayotgan bo‘lsak ham La Liga uchun kurashamiz. To‘g‘ri qaror qabul qilayotganimni bilaman. Klub hammadan ustun”, — deydi Xavi.
Ma’lumot uchun, «Barsa» 2020 yildan keyin ilk marta bir o‘yinda o‘z darvozasidan 5ta to‘p olib chiqdi. Klub 44 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”