Osiyo kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Tojikiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘yindan oldin tojikistonliklar bosh murabbiyi Petr Segrt va futbolchi Zoir Jo‘raboyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Janob Petr Segrt, BAAga qarshi o‘yin oldidan fikrlaringiz qanday?
- BAAga qarshi o‘yinda to‘qson daqiqa jang qilamiz. Yana bir tarixiy o‘yinni o‘tkazamiz deb umid qilaman. Men aynan shuni istamoqdaman. Chunki dastlabki uch o‘yinda ajoyib futbol ko‘rsatdik.
- Zoir Jo‘raboyev: - Livanga qarshi o‘yindagi katta g‘alabamizdan so‘ng Tojikistonda juda katta bayram bo‘ldi. Biz bu xursandchilikni yana davom ettirishni maqsad qilganmiz.
- Zoir Jo‘raboyevga savol, murabbiyingizning fe’li juda ajoyib. U sizlarni kiyinish xonasida qanday ruhlantiradi?
- Murabbiyimiz har doim pozitiv va mehribon. Biroq, kerakli paytlarda u juda ham qattiqqo‘l va talabchan bo‘ladi.
- Janob Petr, siz butun dunyoda murabbiylik qilgansiz. Tojikiston terma jamoasini pley-off bosqichiga olib chiqish faoliyatingiz davomidagi eng katta natijalardan birimi?
- Biz o‘z orzularimiz tomon harakatlanyapmiz. Imkoniyatimiz bormi, oldinga borish kerak. Biz ortiq guruh bosqichida emasmiz. pley-offga chiqqanimiz katta sensatsiya bo‘ldi, ammo biz hozir yanada ko‘prog‘ini xohlaymiz. Har bir inson ko‘prog‘ini istaydi. Kiyinish xonasida ham uyga qaytish haqida gapirmayman, albatta. Faqat va faqat g‘alabani maqsad qilganmiz. O‘z imkoniyatimizni tahlil qilamiz, qancha yoqilg‘imiz borligiga qaraymiz. BAAga qarshi jang qilamiz. Bu uchrashuv balki 120 daqiqa davom etar. Yana bir bor aytaman, men Tojikiston o‘yinchilaridan faxrlanaman. Ba’zi jamoalar bu musobaqaga faqat chempionlik uchun kelishgan, ammo futbol faqat g‘alabadan iborat emas. Futbol kattaroq tushuncha. Siz faqatgina keyingi o‘yinni o‘z foydangizga hal qilishni o‘ylashingiz kerak.
- Janob murabbiy, allaqachon qandaydir katta natijaga erishgan jamoani ruhlantirish qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
- Bilasizmi, endi o‘yinchilarimni ruhlantirishim shart emas. Men ularga kerakli ko‘rsatmalarni bersam bas. Har bir o‘yinchi BAAga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonmoqchi. Taktik jihatdan bergan ko‘rsatmalarimning o‘zi yetarli. Albatta, uchrashuv davomida bor e’tibor g‘alabaga qaratilishi kerak.
- Zoirga savol, Livanga qarshi o‘yinda jamoangiz ikkita gol kiritdi. O‘yinchilar musobaqadagi ilk goldan so‘ng o‘zlarini qanday his qilishdi?
- Biz to‘rtta gol urgandik, afsuski ikki gol bekor qilindi. Birinchi gol jamoaga yangi kuch taqdim qildi va darhol ikkinchi golni kiritdik. Oxirida hammasi yaxshi yakunladi.
- Savolim futbolchiga, Livanga qarshi o‘yinda Osiyo kubogidagi birinchi golingizni kiritdingiz va ilk marta keyingi bosqichga chiqdingiz. Juda ko‘p narsa birinchi marta sodir bo‘ldi. Qolaversa, BAAga qarshi o‘yinni tomosha qilish uchun Dushanbe shahridan 300 nafar muxlis Dohaga kelmoqda. O‘z muxlislaringiz qarshisida harakat qilish sizlarga qanday hislarni taqdim etadi?
- Ha, juda ko‘p narsa birinchi marta yuz bermoqda. O‘yindan keyingi hislarni biz hech qachon tuymagandik. Tojikistonlik muxlislar ham birinchi marta bunday tuyg‘uni his qilishdi. Dushanbedan muxlislardan kelayotganidan xabardormiz. Ularni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
- Janob murabbiy, BAAga qarshi o‘yinda yana bir marta sensatsiya qayd etishingiz kerak. Buning uchun nima qilish lozim va futbolchilaringiz ushbu vazifani bajarishlariga qanchalik ishonyapsiz?
- Avvalgi savolga qo‘shimcha, Livanga qarshi birinchi golimizni bitta o‘yinchi emas, 9.5 mln tojikistonlik urdi. Men o‘z o‘yinchilarimga 100% ishonaman. Keyingi o‘yinda nima bo‘lishi haqida gapirishdan charchadim. O‘yinchilarim juda kuchli va g‘alaba qozona olishadi. Bizda ba’zi jarohatlangan o‘yinchilar bor, nima bo‘lishini ko‘ramiz. Raqib kuchli jamoa, ularda zo‘r futbolchilar bor. Bu xonadagi ko‘pchilik bilmasligi mumkin, ammo biz avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi biz qarshi o‘rtoqlik o‘yinida durangga qayd etganmiz. Imkoniyatlar ellikka ellik deb o‘ylayman. Hozir BAAda yangi murabbiy bor. Shu tomondan juda qiziq o‘yin bo‘ladi. Raqib tarkibida ham jarohatlangan o‘yinchilar bor. Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘yinda imkoniyatlar ellikka ellik. Ikkala jamoa ham bu o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin.
- Janob murabbiy, BAAga qarshi o‘yinda biroz pragmatik o‘yin ko‘rsatasizmi yoki guruh o‘yinlari kabi hujumkor harakat qilasizmi?
- Bu savol men uchun muhim. Ertaga sizni hayron qoldiramiz. Hozir hech narsani ayta olmayman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”