Qatarda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi 1/8 bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Tailand termalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng tailandliklar bosh murabbiyi Masatada Ishi matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- O‘yin haqidagi qisqacha fikringiz qanday?
- Tailand musobaqani tark etdi. Biz stadionga kelgan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Natijadan mamnun emasmiz, ammo ishlashda davom etishimiz kerak.
- Hozirgi jamoa o‘yinchilari keyingi musobaqalarda qanday harakat qilishadi? Osiyo kubogidan keyingi rejalar qanday?
- Bu o‘yinda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shular ustida tahlil qilishimiz kerak. Osiyo kubogidan keyin o‘yinchilar o‘z milliy chempionatlariga qaytishadi. Milliy chempionatlarda ularning qanday harakat qilishlarini kuzatamiz.
- Oldingi matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasini yaxshi o‘rgandim deb aytgandingiz. Bugungi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston termasining kuchli va kuchsiz tomonlari nimada ekanini ayta olasizmi?
- O‘yin davomida biz har xil holatlarni ko‘rdik. O‘zbekistonning o‘yinini tahlil qilganda ko‘p narsani ko‘rishimiz mumkin. Ularning kamchiligi haqida gapira olmayman. Ammo raqib himoyada juda kuchli o‘yin ko‘rsatgani va kichik zonalarda zo‘r harakat qilishganini ta’kidlagan bo‘lardim. O‘zbekiston kichik paslar bilan yaxshi o‘ynashi va o‘yinchilarning texnikasi juda kuchli ekanini qo‘shimcha qilish kerak.
- Jahon chempionati saralashidagi omadsiz ishtirokdan so‘ng terma boshqaruviga keldingiz va qisqa muddat ichida yaxshi jamoa shakllantirdingiz. Saudiya Arabistoniga qarshi durang qayd etildi, O‘zbekiston bilan ham yomon o‘ynamadingiz. Osiyo kubogidagi bu ishtirok JCH saralashida sizga ishonch beradimi?
- O‘zgarishlarga kelsak, o‘yinchilar bilan ko‘p ish olib borildi. Keyingi rejalarga kelsak, Osiyo kubogidan keyin futbolchilar o‘z klublariga qaytishadi. Jahon chempionati saralashi o‘yinlariga yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz.
- Indoneziya va Tailand pley-off bosqichiga yo‘l olishdi. Biroq, Indoneziya Avstraliyaga 0:4 hisobida yutqazdi. Tailand esa O‘zbekiston bilan deyarli teng o‘ynadi. Tailandni mintaqaning eng kuchli jamoasi deya olasizmi?
- Biz bu ikki jamoani taqqoslay olmaymiz. Biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Hozir aynan shu narsa muhimroq. Tailand yoki Indoneziya o‘rtasida kim kuchliroqligini aytish qiyin. Biz o‘z o‘yin uslubimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Boshqa jamoalarga qarashimiz shart emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”