17:42 / 31.01.2024
218

Yurgen Klinsmann: "Biz Saudiya Arabistonini o‘yinning o‘zida yutmoqchi edik"

Yurgen Klinsmann: "Biz Saudiya Arabistonini o‘yinning o‘zida yutmoqchi edik"
Osiyo kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi uchrashuvida penaltilar seriyasida koreyslar g‘olib bo‘lishdi.

"Bu g‘alaba jamoaga katta energiya va ruhiyat beradi. Bu jamoa bilan ishlash menga yoqadi, sababi ular o‘z vatani uchun g‘alaba qozonishni istashadi.

Biz o‘yinni penaltilar seriyasigacha yutmoqchi edik. Sababi seriyada istalgan narsa bo‘lishi mumkin. Endi bizda keyingi o‘yingacha 53 soat vaqtimiz bor. Avstraliyaga qarshi bahsni sabrsizlik bilan kutyapmiz.

Saudiya Arabistoni juda yaxshi jamoa va ularga qarshi bahs oson bo‘lmasligini bilardik. Biz baxtlimiz. O‘yinning o‘zida bir nechta gol urishimiz kerak edi. Saudiya Arabistonida ham penaltilar seriyasigacha vaziyatlar bo‘ldi.

Biz penaltilar seriyasiga tayyorlangandik va darvozabonimiz ikkita ajoyib seyv qildi. Bu bahs endi tarix, oldinda chorak final
", - dedi Yurgen Klinsmann.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klinsmann: "Biz Saudiya Arabistonini o‘yinning o‘zida yutmoqchi edik"