Rio Olimpiadasida halok bo‘lgan germaniyalik murabbiy to‘rt kishiga hayot baxsh etdi

15 avgust kuni Rio-de-Janeyro shahrida Germaniyaning slalom eshkak eshish bo‘yicha terma jamoasi murabbiyi Shtefan Xense avtohalokatga uchrab halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Marhum Shtefan to‘rt nafar odam uchun organlar donori bo‘ldi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.
Rio-de-Janeyro shtati sog‘liqni saqlash organlarining xabar berishicha, Shtefan Xensening yurak, jigar va ikki buyragi to‘rt nafar bemorga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazilgan.
Xense 2004 yilgi Afina Olimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing