Tojikiston bosh murabbiyi Petr Segrt Osiyo kubogi 1/4 final doirasida Iordaniyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz orzularimizni davom ettirishga tayyormiz. Biz bugun bilan yashaymiz, shunday ekan, Iordaniyaga qarshi o‘yinga tayyormiz. Iordaniya terma jamoasi juda kuchli, ularni marokashlik tajribali murabbiy boshqaradi, biz bu jihatlarni ham inobatga olganmiz.
Livan va BAAni mag‘lub etganda, Osiyo kubogini qo‘lga kiritgandek tantana qildik, endi uchinchi marta shu ishni amalga oshirmoqchimiz. Iordaniya taslim bo‘lmaydigan aqlli jamoa sanaladi.
Men o‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz bir oiladekmiz, men jamoaning yo‘lboshchisi ekanligimdan xursandman. Lekin hozirda menga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda, biroq diqqatni o‘yichnilarga qaratish kerak, chunki asosiy yulduzlar ular hisoblanadi", - dedi xorvatiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan Tojikiston — Iordaniya uchrashuvi 2 fevral kuni soat 16:30 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”