O‘rtoqlik o‘yini. “Al-Nassr” “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi

O‘rtoqlik o‘yini. “Al-Nassr” “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinida “Al-Nassr” va “Inter Mayami” 1 fevral, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Ar-Riyod klubi 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Otavio, Emerik Lyaport, Muhammad Halil Maran bittadan gol urgan bo‘lsa, Anderson Taliska het-trik muallifiga aylandi.

“Al-Nassr” tarkibida Krishtianu Ronaldu jarohati sababli maydonga tushmadi. “Inter Mayami” tarkibida Lionel Messi 83-daqiqada Kampanyaning o‘rniga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH jamoasi 29 yanvar kuni “Al-Hilol”ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

"Al Nassr" – Inter Mayami 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar
: 1:0 – 3 Otavio, 2:0 – 10 Taliska, 3:0 – 12 Laport, 4:0 – 51, penalti Taliska, 5:0 – 68 Maran, 6:0 – 73 Taliska.
Al Nassr – Ospina (Abdulla, 32), Bushal, Laport (Tambakti, 81), Al Amri (Al Fatil, 60), Telles (Al Naxli, 80), Brozovich, Otavio (Al Hamush, 81), Taliska (Yahyo Salyuhi, 81), Al Sulayxim (Al Hassan, 60), Alelevai, Maran (Al Nemer, 80).
Inter Mayami – Kellender, Krivsov, Allen, Aviles, Alba (Yedlin, 69), Buskets, Gregore, Ruis (Sanderlend, 84), Gressel, Suares (Teylor, 70), Kampana (Messi, 83).
Ogohlantirishlar: Al Amri (37), Buskets (42), Bushal (42), Brozovich (53).
O‘rtoqlik o‘yini. “Al-Nassr” “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
O‘rtoqlik o‘yini. “Al-Nassr” “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
O‘rtoqlik o‘yini. “Al-Nassr” “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
O‘rtoqlik o‘yini. “Al-Nassr” “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar