Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogi o‘yinlarini dunyoning turli mamlakatlaridagi futbol mutaxassislari ham kuzatib bormoqda.
Ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Abbosbek Fayzullayev yetakchilik qobiliyatini namoyish qilmoqda. 20 yoshli hujumkor futbolchining faolligi terma jamoamiz sardori va to‘purari Eldor Shomurodovning yo‘qligini bildirmay turibdi.
Xorijlik mutaxassislar, murabbiylar, futbolchilar, ekspertlar va umuman futbol jamoatchiligi vakillari Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirishi tobora oddiy holat bo‘lib qolyapti.
Bu gal Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasi bosh murabbiyi Marko Nikolich rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda Abbosbek Fayzullayevni ham tilga oldi.
- Birlashgan Arab Amirliklarida texnikaga e’tibor ko‘p, hamma yuguradi, kombinatsiyalar uyushtirishadi. Rossiya Premer-ligasi yakkakurashlarga asoslangan. Maydonda ikki bir biridan farq qiladigan futbolni ko‘rish doimo qiziq.
Rossiya Premer-ligasi juda yorqin chempionat, hozir ham kuchlilardan biri sanaladi. Premer-liga ilgari Yevropada oltinchi o‘rinda qayd etilardi. O‘shanda mahalliy futbolchilar va sifatli legionerlar to‘p tepar edi. Hozir rossiyaliklar shu darajani ushlab qolgan.
Eduard Spersyan, Fyodor Smolov, Aleksandr Chernikov, Anton Miranchuk va Dmitriy Barinovni tilgan olishim mumkin. Abbosbek Fayzullayevning nomini esa, alohida aytish kerak, uning o‘yini menga juda yoqadi, - dedi Marko Nikolich.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik Marko Nikolich qo‘l ostida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilaridan Azizbek G‘aniyev o‘ynayapti.
25 yoshli yarim himoyachi “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Azizbek qarshiliklar safida to‘rt yil harakat qilganidan keyin 2020 yilning boshida Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oldi.
Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portalida “Shabab Al-Ahli” o‘zbek futbolchisi uchun “Nasaf”ga 630 ming yevro to‘lagani qayd etilgan.
G‘aniyev “Nasaf” safida jami 11 ta uchrashuvda 10 ta gol va 13 ta assist qayd etgan. “Shabab Al-Ahli”safiga qo‘shilganidan beri jami 86 marotaba maydonga tushgan futbolchimiz raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 16 marotaba golli pas uzatgan.
Joriy mavsumda Azizbek G‘aniyev barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga uchta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi.
Bugungi kunda legionerimizning transfer summasi 3 million yevroga yetgan. U jamoasining eng qimmatbaho ikki o‘yinchisidan biri hisoblanadi.
“Shabab Al-Ahli”da G‘aniyevdan tashqari Germaniyaning “Xoffenxaym” jamoasidan transfer qilingan isroillik hujumchi Munas Dabburning narxi ham 3 million yevro ekani ko‘rsatilgan.
Marko Nikolich qo‘l ostida to‘p tepayotgan Azizbek G‘aniyevning amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni yakunlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)