18:13 / 03.02.2024
148

Yurgen Klinsmann: "Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikkita o‘yin qoldi"

Yurgen Klinsmann: "Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikkita o‘yin qoldi"
Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya va Koreya Respublikasi (1:2) uchrashuvidan so‘ng koreyslar bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann yana bir ajoyib g‘alaba haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi chorak final bosqichidagi Avstraliyaga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida hisobni tenglashtirdi va qo‘shimcha bo‘limlarda yana bir gol urib, yarim finalga yo‘l oldi.

"Biz juda va juda baxtlimiz. Avstraliya bilan qiynalishimizni bilardik, lekin yana 120 daqiqa o‘ynash juda qiyin bo‘ldi. Jamoamdagi shijoatdan faxrlanaman. Oxirgi daqiqalardagi o‘yinimizni gol o‘tkazib yuborgunga qadar ko‘rsatish kerak edi, ammo hammasi joyida. Yarim finalda ekanimizdan baxtliman. Men ham o‘yinni ertaroq yakunlashni istayman, ammo har safar ish qo‘shimcha bo‘limlarga bormoqda. Bu Osiyo kubogidagi hikoyamizning bir qismi bo‘lsa kerak. Koreya barcha xushomadlarga loyiq jamoa.

Jang, jang va yana jang. Har safar oxirgi daqiqalarda gol urib ketish oson ish emas. Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikki o‘yin qoldi. Uyga titul bilan qaytmoqchimiz. Iordaniyaga qarshi o‘yin ham 0:0 hisobida start oladi. Bu o‘yinda yanada qiyinroq bo‘lishi aniq. O‘zimiz istagan natijaga 120 daqiqadan avvalroq yetib borishga harakat qilamiz
", - deydi Yurgen Klinsmann.

Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi yarim final o‘yinini Iordaniya termasiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klinsmann: "Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikkita o‘yin qoldi"