23:28 / 05.02.2024
147

Yurgen Klinsmann: "Kerak bo‘lsa yarim finalda ham 120 daqiqa futbol o‘ynashga tayyormiz"

Yurgen Klinsmann: "Kerak bo‘lsa yarim finalda ham 120 daqiqa futbol o‘ynashga tayyormiz"
Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi va Iordaniya termalari o‘rtasidagi bahsdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida koreyslar bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann ishtirok etdi.

"Yarim finalga ham yetib keldik. Bu turnirni eng yuqori natija bilan tugatishni maqsad qilganmiz. Iordaniya terma jamoasini yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. Biz guruhda o‘zaro to‘qnash kelgandik. Endi yana to‘qnash kelmoqdamiz, bu guruhimiz qanchalik kuchli ekanini anglatadi. Finalga tayyormiz. Kayfiyatimiz zo‘r, futbolchilar barchasiga tayyor. Qiyin o‘yin bo‘lishi kafolatlangan.

Ha, Yevropada eng katta yutuqlarni qo‘lga kiritganman, lekin hayot keyingi maqsadlarni ko‘zlashdan iborat. Koreya Respublikasini boshqarayotganimdan faxrlanaman. Osiyoda ham o‘z nomimni qoldirishni maqsad qilganman. Osiyo kubogini qo‘lga kiritishimiz kerak. Bu musobaqaning har bir lahzasidan bahra olyapman.

O‘ziga bo‘lgan ishonch va oldingi qadam qo‘yish hozirgi pallada eng muhimi. Musobaqaning oldingi bosqichlari o‘tib ketdi. Endi buning ahamiyati yo‘q. Yarim finalga 100% shaymiz. Kerak bo‘lsa yarim finalda yana 120 daqiqa futbol o‘ynashga tayyormiz. Penaltilar seriyasiga ham. Final haqida o‘ylashga esa hali erta. Bor e’tiborimiz yarim final o‘yinida.

O‘tkazib yuborilgan gollar, oldingi qoniqarsiz natijalarimiz o‘tmishda qolgan. Boshidan tarix yozamiz. Agar siz Koreya Respublikasi 8 ta gol o‘tkazgani sabab musobaqada g‘olib bo‘la olmaydi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz. Biz buni maydonda isbotlaymiz. Keling, ijobiy narsalar haqida gaplashamiz. Biz ko‘p gol o‘tkazgan bo‘lsak, undanda ko‘proq gollar urdik.

Musobaqaning boshida hammasi qiyin bo‘ladi. Moslashib olish har bir jamoaga noqulaylik tug‘diradi. Yarim finalgacha bo‘lgan vaqt davomida biz Osiyo kubogiga to‘liq ko‘nikib oldi. Argentina qanday qilib Jahon chempioni bo‘lganini eslashimiz kifoya. Bu butun bir jarayon. Bizda o‘zimizga bo‘lgan ishonch shakllanib bo‘ldi. Saudiya Arabistoni va Avstraliyaga qarshi o‘yinda nima bo‘lganini ko‘rdingiz. Barchasi ruhiyatga bog‘liq. Maqsadimiz chempionlik, ortga yo‘l yo‘q", - deydi Yurgen Klinsmann.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klinsmann: "Kerak bo‘lsa yarim finalda ham 120 daqiqa futbol o‘ynashga tayyormiz"