
Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu navbatdagi raqibi, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga xabar qoldirdi.
"Hech qachon hech qachon demang - imkonsiz narsa yo‘q. Biz xozir Entoni Joshuaning qanchalik kuchli ekanligini bilmaymiz. Uning meni mag‘lub etishga kuchi borligiga ishonmasam ham, jangda xammasini bilib olamiz. Men uning jonini olaman", - deb Ngannu so‘zlarini keltirmoqda GB News.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua va Frensis Ngannu o‘rtasidagi qarama-qarshilik 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladi. Frensis uchun bo‘lajak jang uning professional boksdagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Birinchi jangida u Tayson Fyuriga ochkolar bo‘yicha yutqazgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar