Chempion jamoaga qo‘shilgan legionerimizni maqtashyapti

Sport2 daqiqa o'qish707
Chempion jamoaga qo‘shilgan legionerimizni maqtashyapti
Qozog‘istonning amaldagi chempioni – “Ordabasi” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar davom etmoqda. Chimkentliklar safini bir necha yetakchi o‘yinchilar tark etganiga qaramay, jamoa yangi ijrochilarni tarkibga qo‘shib olmoqda.

Jumladan, o‘tgan mavsumda “Ordabasi” chempionligiga katta hissa qo‘shgan va chempionatning barcha uchrashuvlarida qatnashib, raqiblar darvozasiga yettita to‘p kiritgan Bobur Abduxoliqov faoliyatini “Nasaf”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tajribali to‘purar o‘rnini O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod boshqa futbolchi – Jasur Yaxshiboyev to‘ldirdi. “Ordabasi” bu transferni rasman e’lon qildi.

Qozog‘iston futboli mutaxassislar o‘zbek legionerining transferi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Yevgeniy Averchenko Qozog‘iston terma jamoasi sobiq futbolchisi:

Jasur Yaxshiboyev “Ordabasi” uchun juda yaxshi transfer. U katta tajribaga ega sifatli futbolchi. “Legiya”da o‘ynagan, Yevropa kuboklarida qatnashish malakasi bor, “Real”ga gol urgan.

Yaxshiboyev saviyasi Qozog‘iston Premyer-ligasinikiga yaqin bo‘lgan Moldova, Belarus, O‘zbekiston chempionatlarida to‘p tepgan. Bu futbolchi Qozog‘iston chempionatiga hech qanday muammosiz kirishib ketadi.

Pavel Yevteyev, Qozog‘iston terma jamoasi sobiq futbolchisi:

“Ordabasi” ayni paytda hujum chizig‘ini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jasur Yaxshiboyevning qo‘lga kiritilgani yaxshi transfer. Bu futbolchi Yevropaning kuchli chempionatida “Legiya” sharafini himoya qilgan uning tajribasini ko‘rsatib turibdi.

Jasur Yevrokuboklarda ishtirok etgan. Bu o‘yinchining yuqori malakasi ko‘rinib turibdi. Chap qanotda ham, o‘ng tarafda ham o‘ynay oladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Bu terma jamoa Osiyo kubogida yaxshi qatnashdi.

Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida AGMK, “Energetik-BGU”, “Shaxtyor Soligorsk”, “Legiya”, “Sherif” va “Navbahor” jamoalarida to‘p tepgan. Belarus, Polsha va Moldova chempioni.

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oldagan iste’dodli futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi kabi nufuzli turnirlarning guruh bosqichlarida qatnashgan. “Santyago Bernabeu” arenasida “Real” darvozasini ishg‘ol qilish orqali “Sherif”ning 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabasini ta’minlagan. Yaxshiboyev “Real” darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Jasur Yaxshiboyev O‘zbekiston milliy terma jamoasida hozirgacha o‘n marotaba o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ygan.

Endi u “Ordabasi”da qadrdon do‘sti Shahboz Umarov bilan birga to‘p tepadi. Shahboz Umarov ham bir yarim yildan beri Chimkent jamoasida to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda bu legionerimiz ham jamoaning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?