
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 21-turida “Bayer” va “Bavariya” 10 fevral, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuv “Bayer”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollar Josip Stanishich, Alexandro Grimaldo va Jeremi Frimpong hisobiga yozildi.
Xabi Alonso shogirdlari chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar endi ulardan 5 ochko ortda qolmoqda.
Bundesliga
21-tur bahsi
“Bayer” – “Bavariya” 3:0
Gollar: 1:0 – 18 Stanishich, 2:0 – 50 Grimaldo, 3:0 – 90 Frimpong.
“Bayer”: Gradeski, Stanishich, Ta, Tapsoba, Inkapie, Grimaldo (Puerta, 90), Jaka, Andrix, Virs (Glojek, 90), Tella (Frimpong, 65), Adli (Hofmann, 82).
“Bavariya”: Noyer, Mazraui, Dayer, Upamekano (Kimmix, 60), Kim Min Chje, Boe (Gerreyru, 81), Pavlovich (Myuller, 60), Goretska (Tel, 71), Sane, Musiala (Shupo-Moting, 81), Keyn.
Ogohlantirishlar: Boe (36), Goretska (62), Tapsoba (64), Adli (77), Gradeski (83). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing