Rio Olimpiadasida Kim Chen Inning egizi borligi ma’lum bo‘ldi

Internet foydalanuvchilari Rio-de-Janeyroda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari tomoshabinlari orasida KXDR etakchisi Kim Chen Inning egizi o‘tirganini payqab qolishdi. Bu haqda The Independent nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
Erkak Shimoliy Koreya etakchisiga o‘xshash uchun sochlarini aynan shunday qilib turmaklagan va kiyimlarini ham o‘xshash kiyib olgan. Bundan tashqari, u gohida qo‘lida KXDR bayrog‘i bilan tribunalarda ham paydo bo‘ladi. Uning pidjagida mamlakat bayrog‘i aks etgan belgini ham ko‘rish mumkin.

The Independent nashri bu erkak bilan bog‘lana olgan. Uning aytishicha, 2013 yilning aprel oyidan Kim Chen Inning egizi “vazifa”sini bajarib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing