date
views 201

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsman iste’foga chiqarildi

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsman iste’foga chiqarildi
Janubiy Koreya terma jamoasi 60 yoshli germaniyalik Yurgen Klinsmanni o‘z lavozimidan ozod etdi. KFA prezidenti Chung Mong Gyuning aytishicha, Klinsmanning faoliyati kutilgan darajada bo‘lmagan.

Bosh murabbiy Klinsmann milliy terma jamoada o‘z yetakchiligini namoyish eta olmadi, jumladan, o‘yin boshqaruvi, o‘yinchilarni boshqarish va o‘z ishiga munosabatida ko‘p xatolar qildi”,—dedi Chung jurnalistlarga.

Ushbu xabar e’lon qilinishidan oldin Klinsmann Instagram'dagi postida jamoa o‘yinchilari, xodimlari va muxlislariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Osiyo Kubogi yarim finaligacha, so‘nggi 12 oy davomida 13 o‘yinda mag‘lubiyatsiz “sayohatimizda” qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat”,—dedi u.

Klinsmann 2023 yilda Janubiy Koreya bosh murabbiyligiga tayinlanib, jamoasi bilan Osiyo Kubogi yarim finaligacha yetib bordi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsman iste’foga chiqarildi