“Real” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

“Real” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi
“Real” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

Ispaniya chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun “Real” jamoasi ham mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Zinedin Zidan shogirdlari “Anoeta”da mezbon “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib bordi. Bahsning 2-daqiqasidayoq Garet Beyl gol kiritib, madridliklarni oldinga olib chiqdi.

Keyinchalik stadionga to‘plangan muxlislar ikkichni golni ko‘rishdi. Aniqrog‘i, 40-daqiqaga kelib Asensio gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limda muxlislar yana bir golga guvoh bo‘lishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Beyl yana bir marotaba o‘zini ko‘rsatdi hamda uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi. Shunday qilib, madridliklar ham mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

“Real Sosyedad” – “Real” – 0:3
Gollar:
0:1 – 2 Beyl, 0:2 – 40 Asensio, 0:3 – 90 Beyl
“Real Sosyedad”: Ruli, Saldua, Gonsales (Vela, 79), Berchiche, Martines,Bergara, Surutusa, Oyarsabal, Ilyarramendi, Koncha (Villian Joze, 56),Xuanmi (Prieto, 72).
“Real Madrid”: Kasilya, Marselo, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro,Kovachich, Asensio (Vaskes, 66), Kroos (Isko, 73), Beyl, Morata (Xames, 77).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (50), Morata (54), Saldua (68), Ramos (87), Berchiche (87).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar