OCHL-2023/24 Pley-off bosqichi javob uchrashuvidan o‘rin olgan “Al Ayn” — “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- “Al Ayn” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, o‘z yigitlarimga ham rahmat aytmoqchiman. Biz bugun kuchli raqibga qarshi kurashdik, o‘ynadik, g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Afsuski o‘yindagi ba’zi holatlar bizni mag‘lubiyatga olib keldi, — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
- Jamoangiz Qarshida bo‘lib o‘tgan bellashuvda o‘z muxlislari oldida bosim ostida harakat qilganmidi? Chunki bugun “Nasaf” birinchi uchrashuvga qaraganda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ikkinchi savol. Jamoa bu bosqichda musobaqani tark etishiga qanday qaraysiz?
- Qarshidagi uchrashuvda biroz bosim ostida harakat qilgandik ham bu mavsumdagi birinchi rasmiy bellashuv edi. Bu biz uchun tajriba bo‘ldi. Bugun Qarshidagi o‘yinga qaraganda mazmunliroq futbol o‘ynadik. Jamoamiz uslubi o‘yindan-o‘yinga yaxshilanib boradi. Shuni aytishimi kerakki bugungi ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan musobaqaning bu bosqichidan chiqib ketishimiz biz uchun alamli bo‘ldi. Biz g‘alaba uchun maydonga chiqqan edik.
- Chempionlar ligasini tark etishingiz milliy chempionatdagi ishtirokingizga qanday ta’sir qiladi? Mag‘lubiyat motivatsiya beradimi yoki aksincha jamoaning ruhini tushiradimi?
- Bugungi o‘yin haqida yigitlar bilan gaplashib oldik. Mag‘lubiyatni unutib bor e’tiborimizni keyingi bellashuvlarga qaratamiz. Bugun biz yaxshi o‘ynadik. Nimaga qodirligimizni ko‘rsatdik. Bu bizga keyinga o‘yinlarda motivatsiya bera oladi.
“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi