
Kecha Leverkuzenning "Bayer" jamoasi Bundesliga 23-turi doirasida "Mayns"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuv Xabi Alonso shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Shu tariqa, leverkuzenliklar barcha musobaqalar bo‘yicha mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 ta o‘yinga yetkazdi. Nemis jamoalari orasida "Bavariya" 32 uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmagandi. "Bayer" Myunxen klubining ushbu rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bayer" ayni payt 61 ochko bilan Bundesliga peshqadami bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Bavariya" hisobida esa 50 ochko mavjud.

BayerBundesligaXabi AlonsoLeverkuzenMag‘lubiyatsiz SeriyaBavariya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar