date

Haftaning muhim besh futbolchisi

Haftaning muhim besh futbolchisi

Shanba va yakshanba kunlari Evropada milliy chempionat o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya chempionatlarida o‘zlarini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat beshta yulduzlar bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

Luis Suares, “Barselona”


“Barselona” o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda mavsumni yirik hisobda g‘alaba bilan boshladi. Bu o‘yinda Luis Suares “xet-trik”ka erishgan bo‘lsa, Messi ikki bor to‘p yo‘lladi. Umuman olganda, o‘tgan yilgi Ispaniya chempionati to‘purari bu mavsumda ham gollari bilan boshqalarni ortda qoldirishni rejalashtirmoqda.

Karlos Bakka, “Milan”


“Milan”ni tark etishi kutilayotgan Karlos Bakka endilikda Italiya A Seriyasini tark etmasa kerak. Chunki “Milan” Bakkani osonlikcha qo‘yib yubormasligi tabiiy. “Torino” bilan bo‘lgan birinchi turda, u “xet-trik”ka erishdi hamda jamoasiga muhim bo‘lgan uch ochkoni taqdim qildi.

Zlatan Ibragimovich, “Manchester Yunayted”

Bu futbolchi qaysi chempionatda o‘ynashidan qat’iy nazar, gol kiritishni kanda qilmaydi. “Manchester Yunayted”ga yaqinda ko‘chib o‘tgan Ibrgimovich mana ikkinchi turki, gol kiritishni uddasidn chiqmoqda. “Sautgempton” bilan bahsda u ikki bor gol urdi. Ayniqsa, birinchi golni boshi bilan ajoyib tarzda kirita oldi.

Garet Beyl, “Real”


Ronalduni yo‘qligini Beyl bilintirmayapti. Ispaniya chempionatining ilk turida “Real” safarda “Real Sosedad”ga qarshi to‘p surdi. Qiziqarli o‘yinda uelslik futbolchi ikki bor gol kiritishni uddasidan chiqib, jamoasiga muhim bo‘lgan g‘alabani taqdim qildi.

Nolito, “Manchester Siti”

Yozgi transfer vaqtida “Manchester Siti”ga o‘tgan Nolito gol kiritishni boshladi. U “Stok Siti” bilan o‘yinda ikki marotaba gol kiritishni uddasidan chiqdi. Gvardiola bejizga uni jamoaga taklif qilmaganligini ko‘rsatib qo‘ydi. Nolito oldingi chiziqda Aguero bilan ajoyib tandem hosil qilganligini ko‘rsatib qo‘ymoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Haftaning muhim besh futbolchisi