17:17 / 28.02.2024
211

Iliya Topuriya jurnalistning savoliga noodatiy javob berdi

Iliya Topuriya jurnalistning savoliga noodatiy javob berdi
Yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya "O‘g‘lingiz jangchi bo‘lishini xohlaysizmi?" degan savolga quyidagicha javob berdi:

"Men buni xohlayotganim uchun emas, balki o‘g‘lim jangchi bo‘lishi kerak. Uning boshqa tanlovi yo‘q - men hammamiz har kuni duch keladigan hayotdagi kurashni nazarda tutyapman. Agar u oktagonga kirishga yoki hayotida xohlagan narsani qilishga qaror qilsa, bu boshqa masala. Ammo u hayotda kurashuvchan yigitga aylanishi kerak. Agar men unda MMA jangchisi bo‘lish istagi va ishtiyoqini ko‘rsam, albatta uni qo‘llab-quvvatlayman va orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam beraman", - deya javob qildi UFC chempioni.

Ma’lumot uchun, Topuriya "UFC 298" turnirida Aleksandr Volkanovskini mag‘lub etib, yarim yengil vazn chempioniga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iliya Topuriya jurnalistning savoliga noodatiy javob berdi