
Uzoq yillar “Tottenxem”da to‘p tepib, ko‘p gol urish qobiliyatiga qaramay, katta sovrinlarsiz qolib ketgan Harri Keyn yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgandi.
Tajribali hujumchi Germaniyada ham gol ura olishini isbotlab kelmoqda. Keyn myunxenliklar safida barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol va sakkizta assist qayd etdi.
“Bavariya” rahbariyati Harri Keynni jamoaga taklif qilgan bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan xayrlashishini bildirgan. Bu holat angliyalik futbolchiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Bir necha mavsumdan beri Keynni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan “Manchester Yunayted” 30 yoshl to‘purarni Angliyaga qaytarishga qaror qildi.
Manchesterliklar yangi xo‘jayin ser Jim Retkliff yordamida bu katta transferni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar