
Foot Mercato nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” aksiyalarini qo‘lga kiritgan ser Jim Retkliff bosh murabbiyni o‘zgartirishga qaror qilgan.
Milliarderga tegishli INEOS kompaniyasi klubning sport bo‘limini o‘z nazoratiga oladi. Ular Erik ten Xag o‘rniga Zinedin Zidanni olib kelishni rejalashtirmoqda.
INEOS rahbariyati “Manchester Yunayted”ni yana futbol cho‘qqisiga olib chiqmoqchi. Ushbu kompaniya bosh direktori Jan-Klod Blan Zinedin Zidanning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Bu mutaxassis ilgari PSJda ishlagan va o‘shanda fransiyalik mashhur murabbiyni PSJga olib kelishga harakat qilgan edi.
Zinedin Zidan 2021 yili “Real”ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. U uzoq muddat Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligini kutdi. Biroq Loran Blan milliy terma jamoani muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgani bois, Zidanning rejasi amalga oshmay kelyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar