17:27 / 29.02.2024
125

Ronaldu va Sanchoni MYUdan haydagan Erik ten Xag endi Reshfordni “quritmoqchi”

Ronaldu va Sanchoni MYUdan haydagan Erik ten Xag endi Reshfordni “quritmoqchi”
Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni boshqarayotganidan beri mashhur o‘yinchilar bilan o‘zaro munosabatda muammolarga duch kelmoqda.

Krishtianu Ronaldu va Jeydon Sanchoning jamoani tark etishiga niderlandiyalik murabbiy bilan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgandi. Endi navbat, klub tarbiyalagan yulduz Markus Reshfordga keldi.

The Sun nashrining yozishicha, Erik ten Xag Markus Reshford bilan umuman muloqot qilmay qo‘ygan. Klub mutasaddilari bosh murabbiy va mashhur o‘yinchi munosabati buzilganidan xavotirda.

Kelishmovchilikning kelib chiqishiga, yanvar oyining oxirida yuz bergan vaziyat sabab. O‘shanda 26 yoshli hujumchi tungi klubga borgan va spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Ertasiga kasal ekanini aytib, mashg‘ulotlarga kelmagan.

Bu holat Erik ten Xagning g‘azabini keltirdi. Bosh murabbiy ayni paytda Markus Reshfordning jismoniy holati talabga javob bermasligini ta’kidlamoqda.

Ekspertlar yuzaga kelgan vaziyat Markus Reshfordning klubdagi kelajagiga jiddiy ta’sir qilishini bildiryapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Sanchoni MYUdan haydagan Erik ten Xag endi Reshfordni “quritmoqchi”