312
Vadim Abramov: "Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi"
Superliga-2024 birinchi turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.
– O‘yin haqida
– O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz, bunga ortiqcha to‘xtalmoqchi emasman. Bugungi o‘yin menga yoqmadi, jamoamni bugun taniy olmay qoldim. Samarqanddan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislardan uzr so‘rayman. Har bir jamoa raqib bergan imkoniyatdan kelib chiqib o‘ynaydi. Demak, bugun bizga raqib o‘ynashga bermadi. Bu mavsumning birinchi o‘yini, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
– Bugun ikki xil "Dinamo"ni ko‘rdik. Birinchi bo‘limda jamoa o‘ziga o‘xshamadi, ikkinchi taymda esa jamoangiz yaxshiroq harakat qildi. Bunga sabab nima?
– Ha, siz to‘g‘ri aytdingiz. Aytganimdek, birinchi taymda jamoamni taniy olmay qoldim. Biz qarshi hujumda o‘ynamoqchi edik, ammo buni iloji bo‘lmadi. Tinimsiz himoyalanish qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlarni amalga oshirdik va o‘yinni biroz yaxshiladik. Biroq, yana gol o‘tkazdik. Bunday gollarni o‘tkazish normal holat emas. Futbolchilarimiz bu kabi oddiy xatolar qilishlari noto‘g‘ri. Hisob 2:1 edi, ammo keyin penalti va VAR... O‘sha vaziyatni ko‘rdim. U yerda ikki futbolchi o‘zaro kurashga kirishgandi, kim birinchi raqibni ushlab qolgani ko‘rinmadi. Hakamlar vaziyatni yakunini ko‘rishdi, xolos. To‘g‘ri, men takroriy vaziyatlarni to‘liq ko‘rmadim. Lekin hakam vaziyatni VAR orqali ko‘rayotganda men ham o‘rnimdan turdim va VARga qaradim. To‘p uchib kelayotganda Dushan kurashda edi. Hakam penalti qo‘yganidan so‘ng, bunga nima sabab bo‘lganini so‘radim. Ular Sharofiddinovga ishora qilishdi. Takroriy vaziyatni to‘liq ko‘rish kerak. U yerda kurash kechgandi. Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
– "Navbahor" klubining bu mavsumdagi imkoniyatlariga qanday baho berasiz?
– Bu futbol. Birinchi turdan bu haqida gapirib bo‘lmaydi. O‘z jamoamdan esa umuman ko‘nglim to‘lmadi, bunaqa yomon o‘yin ko‘rsatishimizni kutmagandim. "Navbahor" haqida esa fikr bildira olmayman. Ular bizni mag‘lub qilishgan bo‘lishsa, demak bizdan kuchliroqlar.
– Bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborgan o‘yinchilaringiz haqida gapirsangiz.
– Braziliyalik futbolchimiz kutilmaganda jarohat oldi. Bu albatta bahona emas. Bizda yetarli o‘yinchilar bor. Bugun o‘yinni qo‘liga olishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarni taniy olmadim. Rasmiy o‘yinlar baribir boshqa darajada ekanligini bilib oldik.
– "Dinamo" ikkinchi bo‘limda o‘zgargani haqida gapirib o‘tildi. Jamoalar o‘yinni o‘zgartirish uchun tanaffus talab etilmoqda. Uchrashuv davomida o‘yin uslubini o‘zgartirishga nima halal beryapti?
– Biz o‘zgarish qildik. Sxemani o‘zgartirdik. Shu holatda ham ikkita gol o‘tkazdik. 2:1 holatida ham umid bor edi. "Navbahor" esa bunga imkoniyat bermadi. Tanaffusda shunchaki taktik o‘zgarish qilgandik. Albatta, o‘yin davomida o‘zgartirish ham mumkin. Biz o‘yin davomida shu maqsadda futbolchilarni maydonga tushirdik, ammo vaziyatni o‘nglashni uddalay olmadik.
– "Dinamo" mavsum oxirida jadvalning qaysi qismida bo‘lishini kutyapsiz?
– Bu mavsumdagi birinchi o‘yin. Xulosa chiqarishga ancha erta. Keyingi davrada o‘z maydonimizda "Navbahor"ni qabul qilganimizda bu savolni bersangiz, javob berishim mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)