
Chexiya davlatining poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha Prague International Chess Festival turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 3-turidagi qiyin bahsda mezbon shaxmatchi David Navarani mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edik.
Kecha, 1 mart kuni ushbu musobaqaning 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Gukeshga qarshi dona surdi va yakunda durang qayd etdi.

Foto: Praguechessfestival
Ushbu durangdan so‘ng Nodirbekning ochkolari 3 taga yetdi va u birinchi o‘rinni saqlab turibdi. Eronlik Parham Maghsoodlooda ham xuddi shuncha ochko bor, ammo Abdusattorov qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Nodirbek bugun, 2 mart kuni 5-turdan o‘rin olgan bahsda Mateush Bartelga qarshi dona suradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar