O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Farg‘onaliklarning ikki golini ham nigeriyalik legioner Effiong Nsungusi kiritdi, jizzaxliklarning yagona goli esa Lyupche Doriyev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "yo‘lbarslar" ushbu g‘alabadan keyin 3 ochkoga ega bo‘ldi va jadvalda yuqori o‘rinlardan joy oldi.
Bellashuvdan so‘ng farg‘onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
"Barcha muxlislarni chempionat boshlangani bilan tabriklayman. Havo juda sovuq bo‘lishiga qaramasdan, tribunada ishqibozlar juda ko‘p edi va ularga shunchaki respekt.
O‘yinga kelsak, juda ko‘p kurashlar guvohi bo‘ldik. Shuning uchun, kombinatsiyalar va o‘ylangan hujumlarda biroz oqsashlar bo‘ldi. Bu hali o‘yin rejimiga tushib olmaganimizdan dalolat. Biz uchun eng muhimi 3 ochko edi va yigitlarni bu g‘alaba bilan tabriklayman". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)